2025 yilda 2748 kishi yo‘l qoidasini buzgani uchun sudlandi

20.02.2026 | 15:171 daqiqa

Ularning 2 591 nafariga jarima, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

2025 yilda 2748 kishi yo‘l qoidasini buzgani uchun sudlandi

2025 yilda O‘zbekistonda 2748 nafar shaxs yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, barcha holatlar Jinoyat kodeksining 266-moddasi — «Yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish» bo‘yicha ko‘rilgan. Sudlanganlarning 2591 nafariga nisbatan jarima, axloq tuzatish ishlari, jamoat ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Yana 157 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli ravishda qo‘llanilgan.

Hududlar kesimi

Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan. Shuningdek, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida ham bunday holatlar soni yuqori bo‘lgan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 2025 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2 188 nafar inson hayotdan ko‘z yumgan. 2025 yilda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida hayotdan ko‘z yumganlar soni 2024 yilda qayd etilgan 2 199 nafarga nisbatan biroz kamaygan. Shu bilan birga, YTHlar natijasida 8 901 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan bo‘lib, bu ham o‘tgan yilga nisbatan sezilarli farq qilmaydi.

Teglar

Mavzuga oid