add

2025 yilda O‘zbekiston 11 ta mamlakatga guruch eksport qilgan

Bugun 14:091 daqiqa

O‘tgan yil davomida O‘zbekiston guruch eksporti hajmi oshdi, asosiy xaridor sifatida Qozog‘iston yetakchi o‘rinni egalladi.

2025 yilda O‘zbekiston 11 ta mamlakatga guruch eksport qilgan

O‘zbekiston 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 11 ta xorijiy davlatga 14,8 ming tonna guruch eksport qildi. Eksport qilingan mahsulotning umumiy qiymati 6,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakat agrosanoat sohasida eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar samara berayotganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston guruchining asosiy haridorlari kim?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida Qozog‘iston O‘zbekiston guruchining eng yirik importchisi bo‘lgan. Ushbu davlatga 8 ming tonna guruch yetkazib berilgan bo‘lib, bu umumiy eksport hajmining salmoqli qismini tashkil etgan. Natijada Qozog‘iston O‘zbekiston guruchining asosiy tashqi bozori sifatida qayd etildi.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston joylashgan. Ushbu mamlakatga 3,4 ming tonna guruch eksport qilingan bo‘lib, bu ikki tomonlama savdo aloqalarining barqaror rivojlanib borayotganini ko‘rsatadi. Uchinchi o‘rinni esa Qirg‘iziston egallab, u yerga 2,4 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston guruchi uzoq bozorlarga ham chiqqani qayd etildi. Xususan, AQSHga 824,8 tonna guruch eksport qilingan. Bundan tashqari, Afg‘oniston va Turkiyaga 45,2 tonnadan mahsulot yetkazib berilgan, qolgan davlatlarga esa jami 113,5 tonna guruch eksport qilingan.

Mutaxassislar fikricha, guruch eksporti geografiyasining kengayishi tashqi bozorlardagi talabni qondirish, eksport salohiyatini oshirish hamda qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid