add

35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Bugun 11:552491

Buxoroda mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 g simob moddasini 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganlar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoroda 35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan shaxs va Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zaro til biriktirib, mamlakatimizda erkin sotilishi taqiqlangan, 3 dona flakonda bo‘lgan jami 343 g simob moddasini 35 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-1-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Simob va uni o‘z ichiga olgan birikmalarni erkin sotish, sotib olish, saqlash yoki undan maishiy sharoitda foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, u kuchli zaharlilik darajasiga ega bo‘lib, mamlakatimiz hududida erkin aylanishi taqiqlanadi.

Teglar

Mavzuga oid

35 ming AQSH dollariga simob sotgan shaxslar qo‘lga olindi | Vaqt.uz