add

40 yil kutilgan ko‘prik foydalanishga topshirildi

Bugun 12:255991

Sirdaryoning ikki sohilini bog‘laydigan 200 metrlik yangi ko‘prik va 6 km avtomobil yo‘li qurilib ishga tushirildi.

40 yil kutilgan ko‘prik foydalanishga topshirildi

Bekobod tumanida Sirdaryoning ikki sohilini bog‘laydigan ko‘prik qurilib foydalanishga topshirildi. Loyiha doirasida umumiy uzunligi 200 metr bo‘lgan ko‘prik va 6 kilometrlik avtomobil yo‘li barpo etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

photo_2025-10-31_17-03-33

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik qurilishi ilk bor 1989 yilda boshlangan, biroq 1991 yilda turli sabablar bilan to‘xtab qolgan. Prezident qaroriga muvofiq, 2025 yilda loyiha qayta jonlantirilib, bor-yo‘g‘i to‘rt oy ichida yakunlandi. Loyihaning umumiy qiymati 72 milliard so‘mni tashkil etadi.

Yangi ko‘prik zamonaviy talablarga mos holda qurilgan. Unda tunda yoritish tizimi, piyodalar yo‘laklari va nogironlar uchun qulayliklar yaratilgan. Yo‘l to‘rt tasmali bo‘lib, kundalik 14 mingta avtomobil harakatiga moslashtirilgan.

photo_2025-10-31_17-03-39 (2)

Ko‘prik ishga tushishi natijasida Do‘stlik va Yangiovul mahallalaridan tuman markazigacha bo‘lgan masofa 44 kilometrga qisqardi. Ilgari aylanma yo‘l orqali yurgan ettita mahallaning aholisi endilikda atigi 5 kilometr bosib tuman markaziga yetib boradi.

Loyiha doirasida mahallalar infratuzilmasi ham yangilandi. Bolalar uchun sport maydonchasi qurildi, Sirdaryo bo‘yida baydarka sportini rivojlantirish ishlari boshlandi. 31 oktabr kuni ushbu sport turi bo‘yicha ilk musobaqalarga start berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yerusti halqa yo‘li metrosi faoliyati to‘liq tiklanganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid