add

41 mln dollarlik talafot: Ukraina dronlari Rossiyaning neft eksport qiluvchi portini portlatdi

12.09.2025 | 19:2021453

Ukraina maxsus xizmati Boltiq dengizidagi «Primorsk» porti va bir necha nasos stansiyalariga dron orqali zarba berdi. Neft yuklash to‘xtadi.

41 mln dollarlik talafot: Ukraina dronlari Rossiyaning neft eksport qiluvchi portini portlatdi
12 sentyabr kuni Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) dronlari Rossiyaning Boltiq dengizida joylashgan eng yirik neft eksport habi — «Primorsk» porti va unga bog‘liq nasos stansiyalariga zarba berdi. Bu haqda RBK-Ukraina SBUdagi manbalariga tayangan holda xabar berdi. Xabar qilinishicha, hujum oqibatida portdagi kemalardan biri va nasos stansiyasida yirik yong‘in kelib chiqqan. Neft yuklash ishlari to‘xtatilgan. Manbalarga ko‘ra, Rossiya byudjeti kunlik 41 mln dollaroik eksport yo‘qotishiga uchrashi mumkin. «Primorsk» porti — Rossiyaning Boltiq neft haydash quvuri tizimidagi eng muhim nuqta bo‘lib, bu yerdan har yili 60 mln tonnagacha neft eksport qilinadi. Bu hajmdagi eksport Rossiyaga yiliga taxminan 15 mlrd dollar daromad keltiradi. Bundan tashqari, SBU dronlari «NPS-3»,«NPS Andreapol», «NPS-7» neft nasos stansiyalariga ham zarba bergan. Ular «Ust-Luga» terminaliga neft xomashyosi yetkazib beruvchi asosiy infratuzilmaning muhim qismidir. SBU vakilining aytishicha, Ukraina «dron sanksiyalari» orqali Rossiyaning neft sektoriga tizimli zarba bermoqda. «Neft — Rossiya iqtisodiyotining tayanchi. Shu bois har bir «chaqnash» ularning urush olib borish qobiliyatiga ham zarba beradi. Bu sanksiyalar adolat tiklanguniga qadar davom etadi», — degan manba.

Teglar

Mavzuga oid