Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi

Saida Mirziyoyeva AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman o‘z faoliyatini boshladi

AQSH poytaxti Vashington shahrida Saida Mirziyoyeva Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi Serjio Gor bilan muzokaralar o‘tkazdi.

photo_2026-04-07_09-59-09

«AQSH poytaxtida hamkasbim, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining asosiy masalalarini muhokama qildik. Uchrashuv Kengash faoliyati rasman boshlanishi arafasida bo‘lib o‘tdi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Suhbat davomida yangi tashkil etilayotgan tuzilmaning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Qayd etilishicha, ushbu kengash O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlash, investitsiya muhitini yaxshilash va xususiy sektor o‘rtasidagi muloqotni faollashtirishga xizmat qiladi. Uchrashuv yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.

photo_2026-04-07_09-59-14

«Ushbu tuzilma O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda», — dedi Mirziyoyeva.

Serjio Gor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida:

«Ushbu kengashning ishga tushirilishi so‘nggi bir necha oy ichida tijorat diplomatiyasi orqali hamkorligimizdagi ajoyib taraqqiyotning cho‘qqisini anglatadi. Prezident Tramp noyabr oyida Vashingtonda C5+1 yetakchilarini qabul qilganidan beri O‘zbekiston AQSH kompaniyalari bilan yuz millionlab dollarlik shartnomalar imzoladi», — deb yozib qoldirdi.

photo_2026-04-07_09-59-18

«Kengashning tashkil etilishiga ikki davlat Prezidentlari o‘rtasida qaror topgan yuksak darajadagi ishonch zamin yaratdi. Kengash hamraisi, elchi Serjio Gor ta’kidlaganidek, so‘nggi bir yil davomida AQSH Markaziy Osiyoda strategik sheriklikni mustahkamlash borasidagi qat’iy intilishlarini amalda tasdiqladi», — deya qo‘shimcha qildi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra, Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi tashkil etilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid