add

Andijonga 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi

Kecha 12:401 daqiqa

Xitoyda ishlab chiqarilgan «CAMBELL» rusumidagi avtobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshlab, aholiga xizmat ko‘rsatishga kirishgan.

Andijonga 40 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi

Andijon shahrida jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida viloyatga Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan «CAMBELL» rusumidagi 40 ta yangi elektrobus olib kelingan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

2

Ma’lum qilinishicha, zamonaviy elektrobuslar shahar ko‘chalarida belgilangan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshlab, aholiga xizmat ko‘rsatishga kirishgan. Elektrobuslar ekologik toza bo‘lib, shaharda havo ifloslanishini kamaytirish va transport xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan.

3

2-fevral kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yangi qurilgan ikkinchi elektrobuslar parkiga tashrif buyurib, park faoliyati hamda navbatdagi olib kelingan elektrobuslarni ko‘zdan kechirgan. Tashrif davomida jamoat transporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.

4

Hududda tashkil etilgan yangi park elektrobuslarni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va samarali ekspluatatsiya qilish uchun mo‘ljallangan. Bu esa transport vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

«Ushbu tashabbus shaharda transport xizmatlari sifatini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash hamda aholiga yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi», — deyilgan hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida jamoat transportida to‘lov tizimi to‘liq raqamlashtirilib, yo‘l haqi faqat elektron usullarda qabul qilinishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid