add

AQSH Markaziy Osiyoda yangi yetakchilarni tayyorlashni boshlamoqchi

16.05.2025 | 15:0031713

AQSH hukumati Tojikiston va Turkmanistonda mahalliy jamoalar yetakchilarini tayyorlash dasturini boshlashga tayyorlanmoqda. Bu dastur orqali qatnashchilar AQSHda o‘qib, o‘z yurtlarida ijtimoiy o‘zgarishlar amalga oshirishlari talab etiladi. Maqsad — mintaqada Amerika ta’sirini kengaytirish.

AQSH Markaziy Osiyoda yangi yetakchilarni tayyorlashni boshlamoqchi
Russia Today ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Davlat departamenti 2026 yilda yangi «tajriba almashinuvi» dasturini moliyalashtirish uchun mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda. Dasturning asosiy yo‘nalishi — mahalliy jamoalar va faollar orqali ijtimoiy o‘zgarishlarga erishish. Loyiha IREX (Xalqaro tadqiqotlar va almashinuvlar kengashi) orqali amalga oshiriladi. Uning 2024 yilgi hisobotiga ko‘ra, tashkilot byudjetiga tushgan mablag‘larning 87 foizi AQSH hukumatidan kelgan. Dastur doirasida «Yetakchilik va fuqarolik ishtiroki akademiyasi» tashkil etiladi. Unda qatnashuvchilar AQSHda bir yillik o‘quv jarayonidan o‘tishadi. Ularga mahalliy jamoalar bilan ishlashni o‘rgatishadi, so‘ng o‘z mamlakatlarida loyihalarini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Barcha xarajatlar — vizadan tortib turar-joy, ovqatlanish va tibbiy yordamgacha — AQSH tomonidan qoplanadi. Bu jarayonda ular maxsus J-1 vizasi bilan ta’minlanadi. Yevroosiyo tahliliy klubi rahbari Nikita Mendkovich bu dasturni AQSHning «muloyim ta’sir kuchi» strategiyasi doirasidagi qadam deb baholadi. Uning fikricha, AQSH ta’lim va davlat boshqaruvi orqali mintaqaga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilgan. Uning ta’kidlashicha, IREX allaqachon Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda ta’lim sohasida faoliyat yuritmoqda. Tojikiston va Turkmanistonda ham o‘xshash strategiya qo‘llanishi mumkin. Bundan tashqari, AQSH avval ham Qozog‘istonda jurnalistika, Qirg‘izistonda yoshlar faolligi va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir loyihalarni qo‘llab-quvvatlagan.

Teglar

Mavzuga oid