
AQSHlik investorlar UzAuto Motorsʼning xususiylashtirish jarayonila ishtirok etadi
Vashingtonda Mirziyoyev va Tramp tomonidan e’lon qilingan strategik hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘ra, AQSHlik investorlar UzAuto Motors xususiylashtirilishida ishtirok tishi va metanol zavodi qurilishi tilga olingan.

Tram va Mirziyoyev tomonidan e’lon qilingan strategik hamkorlikka ko‘ra UzAuto Motors xususiylashtirilishi jarayonida amerikalik investorlar ishtirok etishi ham ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, keyingi uch yilda AQSHdan 5 mlrd dollarlik avto ehtiyot qismlari yetkazib beradi, deyiladi AQSH Davlat departamentining rasmiy press релизида.
AQSHning Air Products shirkati tomonidan O‘zbekistonda 3 mlrd dollarlik metanol zavodi qurilishi ham rejalashtirilgan. Mamlakatda metanoldan olefin, ko‘mirdan kimyoviy mahsulotlar olish loyihalari tezlashtiriladi.
2025 yil 6-noyabr kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda AQSH prezidenti Donald Tramp va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olgan edi. Uchrashuv chog‘ida e’lon qilingan qator yirik kelishuvlar AQSH iqtisodiyoti, eksport salohiyati va xavfsizlik ta’minotida muhim ahamiyat kasb etadi.
Prezident Tramp O‘zbekistonning AQSH sanoatiga milliardlab dollar investitsiya kiritishga tayyorligini olqishladi va Sh.Mirziyozevga minnatdorlik bildirdi. Xususan, Toshkent AQSHda qimmatbaho va nodir metallar zanjirida ishtirok etish, shaxtalarni hamkorlikda rivojlantirish, atom energetikasida hamkorlik qilish va Boeing samolyotlarini xarid qilishga kelishdi.
Kelishuvlar doirasida o‘zbekistonliklar tomonidan 22 ta Boeing 787 Dreamliner samolyoti xarid qilinadi — umumiy qiymati 8,5 mlrd dollar. Shuningdek, AQSH O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasiga 2 mlrd dollarlik texnikalar, 2 mln tonna soya va 100 ming tonna paxta yetkazib berish mo‘ljallangan.
Avvalroq O‘zbekiston AQSH fuqarolari uchun 2026 yildan boshlab 30 kunlik vizasiz rejim joriy etishi e’lon qilingan edi. Qo‘shimcha ravishda, AQSH–O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari jinoyatchilarga qarshi ma’lumot almashinuvi va hududiy xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi.





