add

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuvi: strategik sheriklik yangi bosqichda

AQSH va O‘zbekiston rahbarlari Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda siyosiy, iqtisodiy va mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuvi: strategik sheriklik yangi bosqichda

2025 yil 6 noyabr kuni Vashington shahridagi rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan Oq uyda uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston rahbari tashrif avvalida Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobiga qayd yozib qoldirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv Oq uyning Oval kabinetida bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo, investitsiya, madaniy-humanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sentyabr oyida Nyu Yorkda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Shuningdek, «C5+1» formatidagi Markaziy Osiyo-AQSH hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tashqi va ichki siyosatdagi yutuqlari bilan tabriklab, uning xalqaro va mintaqaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etishdagi shaxsiy hissasi va faolligini alohida qayd etdi.

Prezident Tramp esa Mirziyoyevning AQSH hukumat va biznes doiralari bilan o‘tkazgan samarali muzokaralarini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilayotganini e’tirof etdi. Tomonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun institutsional mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini ham ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp uchrashuvi: strategik sheriklik yangi bosqichda | Vaqt.uz