
AQSHning neft blokadasi: Kuba qancha chiday oladi?
AQSHning Kubaga nisbatan neft embargosi kuchga kirishi ortidan mamlakatning yonilg‘i zaxiralari tez tugatmoqda. Bu holat mamlakat iqtisodiyoti va aholisi uchun falokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

AQSH nega Kubaga embargo qo‘ygan?
Kuba – Karib dengizida, AQSHning Florida shtatиdan taxminan 150 km janubda joylashgan orol davlat. Taxminan 11 million aholi yashaydigan bu mamlakatda тuризм, qand qamishi, tamaki, qahva va nikel iqtisodiyotning asosiy соhalaри hisoblanadi.

Biroq shu kichkina davlat AQSH uchun boshog‘riq bo‘lib kelgan. Buning sababi esa u yerdagi siyosiy tuzum. 1959 yilgi inqilob natijasida Fidel Kastro hokimiyatga kelib, Kubani sotsialistik davlatga aylantirdi va AQSH kompaniyalarining mulklarini millatlashtirdi. Bu AQSH uchun katta zarba bo‘ldi. Sovuq urush davrida ham Kuba SSSRning yaqin ittifoqchisi edi va shuning uchun ham Vashington Havanadagi hukumatni o‘z hududi yaqinidagi «dushman rejimi» deb ko‘rdi.
1962 yilgi Karib raketa inqirozi munosabatlarni butunlay muzlatib qo‘ydi. AQSH Kubadagi sotsialistik tizimni zaiflashtirish maqsadida savdo embargosi va moliyaviy cheklovlar joriy qildi. 60 yildan beri shunday sharoitda yashab kelayotgan orol davlat so‘nggi yillarda uzoq davom etayotgan elektr o‘chishlari, yoqilg‘i, dori-darmon va oziq-ovqat tanqisligi bilan kechayotgan chuqur iqtisodiy inqirozga botgan.

Barak Obama davrida ikki davlat orasida munosabatlar biroz илиқлaшgaн, AQSH Havanada elchixona ochgan, sayohat va savdo yengillashgan bo‘lsa, hokimyat tepasiga Tramp kelgach, bu siyosat deyarli to‘xtadi va cheklovlar qayta kuchaytirilgandi.
Bu yerda gap faqat Tramp sotsializmga ochiqdan-ochiq qarshi ekani, Kubani Venesuela va Eron bilan bir блокda AQSHga xavf sifatida ko‘rishi haqida emas. AQSHda, ayniqsa Floridada Kubadan qochib borgaн anti-Kastro jamoasi bor va uлaр Trampning asosiy saylovchilari hisoblanadi. O‘zgaruvchan shtat sifatida ko‘rib kelingan Florida shuning uchun ham 2016 yildan beri respublikachilarga moyil shtatga aylangan. Shuning uchun Kubaga nisbatan qattiq pozitsiya Tramp uchun siyosiy jihatdan foydali. Shu o‘rinda eslash o‘rinliki, Trampning ikkinchi prezidentlik davrida uning tashqi siyosat borasidagi qarorlariga eng ko‘p ta’sir qilayotgan Davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Rubio ham Floridagi kubalik qochqinlarning farzandi hisoblanadi.
Bugungi qiyinchiliklar
Bir necha kun davomida Kubaga shimoldan sovuq havo oqimi kirib keldi va orolning ba’zi qismlarida harorat tarixiy rekord darajada pastlab ketdi. Ammo sovuq havo Kubaga shimoldan bosim o‘tkazayotgan yagona omil emas edi.

Kubaning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Venesuelaga hujum qilgan va uning rahbari Nikolas Maduroni asir olgan AQSH amalda Havannaga Venesueladan neft yetkazib berishni to‘sib qo‘ydi. Yanvar oxirida AQSH prezidenti Donald Tramp Kubani «noyob va g‘ayrioddiy xavf» deb atadi va orol davlatga neft yoki neft mahsulotlarini yetkazib beradigan har qanday davlatga boj solish bilan tahdid qildi.
Kuba prezidenti Miguel Diaz-Kanel dastlab bu harakatni «fashistik, jinoyat va genotsid» deb qoraladi. U shundan so‘ng mamlakati «bosim yoki dastlabki shartlarsiz» AQSH bilan muzokara qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, u Kubani «inqirozga yaqin» deb ogohlantirdi va energiya inqirozini hal qilish maqsadida yaqin kelajakda taqsimlash rejalarini e’lon qildi.
Kubada hozirgi vaqtda gazni faqat xorijiy valutada sotib olish mumkin va bunga dollardagi benzin stansiyalarida soatlab navbat kutish talab etiladi. Mamlakat faqat zarur energiyaning taxminan 40 foizini ishlab chiqara oladi. Elektr uzilishlari odatiy holga aylangan – ular 10–15 soatgacha davom etishi mumkin va hatto poytaxt Havanaga ham yetgan.
Germaniyaning GIGA Lotin Amerikasini o‘rganish instituti yetakchi tadqiqotchisi Bert Hoffmannning aytishicha, shuning bilan birga Havandagi hayot odatdagidek davom etmoqda.
«Men keng tarqalgan kuzatish-kutish kayfiyatini ko‘rdim. Bu inqirozning normallashishi, ya’ni «sokin bo‘ling va ishni davom ettiring» degan ruhda. Elektr uzilishlari ko‘paydi, yoqilg‘i esa yanada kam, ammo bu jarayon ancha sekin kechmoqda. Hali ham ko‘chada avtomobillar bor», – deydi u.
Biroq uning qo‘shimcha qilishicha, bu odatiylik ko‘rinishi aldamchi: mamlakat yaqin kelajakda neftni olib kirish imkoniyatiga ega emas.
Karakasda hal qiluvchi nuqta
Hoffmannning aytishicha, 3-yanvardan keyin vaziyat tamoman boshqacha bo‘lib qolgan, chunki aynan o‘sha kuni Venesuela Kubaning asosiy neft yetkazib beruvchisi bo‘lishni to‘xtatgan. Shu bilan birga, orolning ikkinchi yirik ta’minlovchisi – Meksika ham yanvarda Kubaga rejalashtirilgan neft yuklarini to‘xtatgan.

Dekabrdan beri qariyb hech qanday neft yuki orolga yetib kelmagan. Yanvarda Kuba bir marta naftni sotib olishga muvaffaq bo‘lgan – u bozordagi joriy narxlar bo‘yicha tanker yuki sifatida sotib olingan. Bu yuk Lome (Togo) orqali kelishi kerak bo‘lsa‑da, yo‘lidan burilib, Dominikan Respublikasiga yo‘l olgan. Hoffmannning fikricha, bu AQSHning bosimi sababli sodir bo‘lgan deya taxmin qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Kuba hozir kun davomida taxminan 100 000 barrel neft talab qiladi va shu vaqtgacha buning uchdan bir qismi Venesueladan kelgan. 2025 yilda Meksika kunиga 6 000–12 000 barrelcha yetkazib bergan, Rossiya va Jazoir esa kichik hajmda yo‘llagan.
So‘nggi yillarda, Xitoyning qo‘llab-quvvatlashi bilan, Kuba quyosh energiyasiga katta sarmoya kiritdi. Lekin bu parklar mamlakatning elektr energiyasi talabini qoplay olmaydi. Orolning energiya ta’minoti hali ham asosan SSSR dizayniga ega va avariyalarga moyil bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalariga tayanadi, bu esa Kubani energiya importiga katta darajada bog‘laydi.
Kubaning o‘zidagi og‘ir nefti mamlakatning umumiy energiya iste’molining taxminan faqat 40 foizini qoplay oladi. Lekin u ko‘pgina yoqilg‘ilar uchun mos emas, shu bois asosan elektr energiyasi ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Hoffmannning aytishicha, qolgan neftning qancha vaqt yetashi haqida hech kim aniq bilishmaydi. Yanvar oxirida Britaniyaning «Financial Times» nashri bu zaxiralar yana 15–20 kunga yeta olishi mumkin deb prognoz qilgan. Qanday bo‘lganda ham, oqibat halokatli bo‘ladi.
«Asosiy masala shundaki, yoqilg‘i tugashigacha haftalar qolgan. So‘ng, nafaqat turistlar sohildan aeroportlarga yetib borolmaydi, balki oziq-ovqat ham fermerlardan shaharlarga yetib bormaydi», – deydi Hoffmann.
Kuba ko‘rgan chora-tarbirlar
Dengiz transportini kuzatib boruvchi mutaxassislarning bildirishicha, bir necha haftadan beri Kubaga hech qanday xorijiy yoqilg‘i yoki neft tashuvchi tanker kelmagan. Shuning uchun 8-fevral kuni uzoq masofali aviaqatnovlar kamida bir oy davomida orolda yoqilg‘i quyish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi ma’lum qilindi.
Kuba tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges kecha, 9-fevral kuni AQSHning «shafqatsiz tajovuzi»ni qoraladi. Uning aytishicha, bu harakatlar «Kuba xalqining siyosiy irodasini sindirish»ga qaratilgan.
«Vaziyat juda og‘ir va katta qurbonliklarni talab qiladi», – dedi Rodriges.
8-fevral kuni bosh vazir o‘rinbosari Oskar Peres-Oliva Fraga qolgan yoqilg‘ini taqsimlashga qaratilgan favqulodda chora-tadbirlar to‘plamini e’lon qildi. Uning aytishicha, bu choralar aholi uchun zarur xizmatlar va muhim iqtisodiy faoliyatni himoya qilish maqsadida joriy etilgan. U bu toifaga oziq-ovqat va elektr energiyasi ishlab chiqarish, shuningdek, «chet el valutasini keltirib chiqaradigan asosiy faoliyat turlari» kirishini bildirdi.
Viloyatlar orasidagi avtobus va poyezd qatnovlari qisqartirildi, universitetlarda darslar an’anaviy shakldan onlayn formatga o‘tkazildi, bir qator mehmonxonalar yopildi.
«Air Canada» aviakompaniyasi 9-fevral kuni yoqilg‘i tanqisligi sabab Kubaga parvozlarni to‘xtatishini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda u Kubada qolib ketgan taxminan 3 ming mijozni olib ketish uchun bo‘sh samolyotlarni yuborishni rejalashtirmoqda.
Xalqaro ko‘mak
Kubaga Venesueladan keyin eng ko‘p neft yetkazib bergan davlat bo‘lgan Meksika prezidenti 9-fevral kuni Kuba xalqiga zarar yetkazuvchi sanksiyalar «noto‘g‘ri» ekanini bildirdi.
«Biz ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz va Kubaga neft yetkazib berishni tiklash uchun barcha zarur diplomatik choralarni ko‘ramiz. Xalqni bunday bo‘g‘ib qo‘yish mumkin emas – bu juda adolatsiz, juda ham adolatsiz», – dedi Klaudiya Sheynbaum jurnalistlarga.
Sheynbaum avvalroq Kubada gumanitar inqiroz yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi, biroq u Meksikaning asosiy savdo hamkori bo‘lgan AQSH tomonidan boj joriy etilish xavfidan qochishga intilmoqda.
Meksika Vashington bilan Kubaga neft eksportni qayta tiklashga imkon beruvchi kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. 8-fevral kuni mamlakat Kubaga 800 tonnadan ortiq gumanitar yordam ortilgan ikki kemani yubordi.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Havana va Vashington o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishda vositachilik qilishni taklif qildi. Ammo nima haqida muzokara qilish mumkinligi aniq emas. Har xolda AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning o‘zi ham Senat eshituvlarida Kubada «rejim almashinuvini ko‘rishni juda xohlashi »ni aytib turgan bir holatda. Biroq tahlilchilar Rubioning bu bayonotini Kuba rejimiga bosim o‘tkazishni ko‘zlayotgan pozitsiya ekanini aytmoqda.
So‘nggi kunlarda Tramp o‘z ma’muriyati Kuba rahbariyati bilan muzokaralar olib borganini aytdi, biroq kubaliklar buni rad etdi. Har ikki taraf xabarlashgan bo‘lsa-da, Kubaga ko‘ra, rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.
Rossiyaning Havanadagi elchisi Viktor Koronelli esa «RIA Novosti»ga bergan intervyusida Moskva Kubaga neft ta’minotini davom ettirishini bildirdi.
«So‘nggi yillarda Rossiya nefti Kubaga ko‘p marotaba yetkazib berildi. Biz bu amaliyot davom etishini kutmoqdamiz», – dedi u.
Kreml ham 9-fevral kuni Vashingtonni Kubaga nisbatan «bo‘g‘uvchi choralar» qo‘llayotganlikda aybladi.
«Biz kubalik do‘stlarimiz bilan ehtimoliy yechimlarni muhokama qilyapmiz, hech bo‘lmaganda qo‘limizdan kelgan yordamni ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapmiz», – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga.





