«Open Bank» boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun 19:351 daqiqa

U Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman lavozimiga kirishadi.

«Open Bank» boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi © Фото: LinkedIn / Музроб Мамараимов

Muzrob Zuxriddinovich Mamaraimov «Open Bank» AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi lavozimiga saylandi. Uning mandati 3 yilni tashkil qiladi.

Muzrob Mamaraimov mazkur tayinlovga qadar bankning chakana bank xizmatlari bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

U haqida

Muzrob Zuxriddinovich Mamarimov — bank-moliya sohasi mutaxassisi. U xalqaro bank ishi va moliya yo‘nalishi bo‘yicha G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Suonsi hamda Rossiyaning Sber universitetlarida o‘z malakasini oshirgan.

Kasbiy faoliyatini 2019 yilda «Agrobank» tizimida boshlagan Mamarimov, qisqa vaqt ichida oddiy mutaxassis lavozimidan bank boshqaruvi raisi yordamchisi darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2023 yildan esa faoliyatini «Open Bank» jamoasida davom ettirib, chakana bank xizmatlari yo‘nalishiga mas’ul etib tayinlangan.

«Open Bank» haqida

2025 yil 17-iyundagi aksiyadorlar yig‘ilishi qaroriga ko‘ra, «Smartbank» AJ nomi rasman «Open bank» deb o‘zgartirildi.

Bankning 90 foiz ulushiga egalik qiluvchi «Future Open Technology Group» ushbu rebrending orqali «Open Card», «Open Market» va «Open Biznes» loyihalarini yagona moliyaviy ekotizim ostida birlashtirishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning birinchi choragida bankning sof foydasi 76,4 foizga kamayib, 628,5 mln so‘mni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid