O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni tanlayotgani ma’lum qilindi

Bugun 12:451 daqiqa

2026 yil boshida O‘zbekistondan o‘qish uchun xorijga chiqqanlar soni o‘tgan yilga nisbatan 23,6 foizga kamaydi.

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun qaysi davlatlarni tanlayotgani ma’lum qilindi © Statistika qo‘mitasi

2026 yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston fuqarolarining xorijga ta’lim olish maqsadida safarlari sezilarli darajada qisqargani qayd etildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda jami 3 964 nafar fuqaro chet elga o‘qish uchun chiqqan.

Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga kam bo‘lib, 23,6 foizlik pasayishni tashkil etgan. Bu esa talabalar oqimida muayyan o‘zgarishlar kuzatilayotganini anglatadi.

Ommabop yo‘nalishlar

O‘zbekistonliklar orasida ta’lim olish uchun eng ommabop yo‘nalishlar o‘zgarishsiz qolgan. Xususan, Rossiya birinchi o‘rinni egallab, bu davlatga 989 nafar talaba yo‘l olgan.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda mos ravishda Janubiy Koreya (679 nafar) va Qirg‘iziston (639 nafar) qayd etilgan. Shuningdek, Turkiyaga 300 nafar, Tojikistonga 276 nafar va Xitoyga 252 nafar fuqaro o‘qish maqsadida safar qilgan. Qolgan 829 nafar fuqaro esa boshqa davlatlarni tanlagan.

Eslatib o‘tamiz, «Quacquarelli Symonds» yoki «The Times Higher Education» reytinglari bo‘yicha dunyodagi Top-300 universitetlar ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan O‘zbekiston fuqarolariga bir yilga 20 ming dollargacha ta’lim krediti beriladi.

Teglar

Mavzuga oid