
«Avval iqtisod…» #4: — metanga cheklov, “svet”ga chegirma va elektron retseptlar
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik ko‘rsatuvda metan shoxobchalariga cheklov, elektrga 50 foizlik chegirma, elektron retseptlar va boshqa mavzular tahlil qilindi
Vaqt.uz an’anaviy tarzda «Avval iqtisod…» tahliliy ko‘rsatuvining navbatdagi sonini taqdim etadi.
Iqtisodchi, ekspert Otabek Bakirov va Laylo Xondamirovna ishtirokidagi ko‘rsatuvning yangi sonida havo harorati 0 darajadan pastga tushmay turib metan to‘ldirish shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar qo‘yilgani sabablari tahlil qilindi.
Shuningdek, Energetika vazirligi tomonidan gazlashmagan xonadonlar uchun elektrga 50 foizlik chegirmalar joriy qilish va’dalari nega paysalga solinayotgani eslab o‘tildi.
Hafta ichida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. Endi uy va mashina faqat naqdsiz ko‘rinishda sotilishi belgilangan. Aholi naqd ko‘rinishdagi savdodan voz kechishi uchun qanday qulayliklar yaratilishi kerakligi haqida so‘z borgan.
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizlik darajada o‘zgarishsiz qoldirdi. Shunga qaramasdan inflatsiya xatarlari saqlanmoqda. Umuman, MB yil yakuniga inflatsiya darajasi 7,3 foiz darajasida bo‘lishini kutmoqda. Bunga nimalar ta’sir ko‘rsatgani haqida.
Humans ilovasidan foydalangan mijozlar o‘z mablag‘laridan ajralib qolishdi. Yo‘qolgan pullarga kim javob beradi?
10-dekabrdan e’tiboran Toshkent shahrida va yana 15 ta hududda elektron retseptlar tizimi ishga tushdi. Bu odamlarni shokka tushiradigan yangi muammomi yoki mavjud muammolarni bartaraf etadigan yechim?




