add

Baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi

08.10.2025 | 16:3046843

Ma’lumotlarga ko‘ra, u qurilish asboblarini tashiyotgan paytda muvozanatni yo‘qotgan va beton plitaga qulab tushgan.

Baxtsiz hodisa: o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit 5-qavatdan tushib ketib, halok bo‘ldi
Rossiyaning Arxangelsk shahrida o‘zbekistonlik 22 yoshli yigit qurilish maydonida ishlayotgan paytda halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumot berdi. Voqea 1 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, N.S. 2003 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston konsulxonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Arxangelsk viloyatidagi vakolatxonasi bilan bog‘lanib, hodisani rasman nazoratga olgan. Rossiya Davlat mehnat inspeksiyasi axborotiga ko‘ra, ishchi qurilayotgan binodan qurilish asboblarini 5-qavatdan 6-qavatga ko‘tarayotgan paytda muvozanatini yo‘qotgan. U pastga — beton plitaga qulagan va olingan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Hozirda Arxangelsk shahri Solombal okrugi tergov bo‘limi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 216-moddasi 2-qismiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu modda qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalarini buzish ortidan odam halok bo‘lgan holatlar uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Tergov organlari hodisa sabablarini aniqlash, qurilishdagi xavfsizlik choralari va ish beruvchi mas’uliyatini tekshirmoqda. O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi o‘z fuqarosining manfaatlarini himoya qilish maqsadida tergov jarayonini kuzatib borayotganini ma’lum qildi. Marhumning jasadi vatanga qaytarilishi bo‘yicha hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid