add

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi

04.07.2025 | 15:0035413

Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar sud orqali test jarayonlarini qayta o‘tkazishni talab qilmoqda. Ular vazirlikdan ma’naviy ziyon va boshqa xarajatlarni ham undirmoqchi.

Bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi
Bir guruh o‘qituvchilar Makttabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga berdi. «Xalq ta’limi info» nashri yozishicha, o‘qituvchilar attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish, ma’naviy ziyonni va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan da’vo arizasi taqdim etgan. Ma’lumot uchun, 2025 yil 15 apreldan 14 maygacha pedagoglar uchun attestatsiya test sinovlari o‘tkazilgan edi. Jarayonlarda 177 ming 640 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan. Natijalarga ko‘ra, 73 mingdan ortiq o‘qituvchi imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, taxminan 104 ming o‘qituvchi (58,9 foiz) yetarli ball to‘play olmagan. Test sinovlari paytida ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fan o‘qituvchilari test savollaridan norozi ekanini bildirgan. Vazir o‘rinbosari Sardor Rajabov balldan qoniqmaganlar apellyatsiya berishlari mumkinligini aytgan. Biroq ko‘pchilik o‘qituvchilar apellyatsiya komissiyasi javoblari umumiy va bir xil bo‘lganidan shikoyat qilgan. O‘qituvchilar test savollarining juda murakkab ekani, savollar mavzularga mos kelmagani va testologiya talablariga rioya qilinmaganini bildirgan. Sudga topshirilgan da’vo arizasida 9 ta asosiy e’tiroz keltirilgan bo‘lib, ularning asosiy qismi test murakkabligi va vaqt me’yoriga mos kelmasligini qamrab olgan. Shuningdek, apellyatsiya komissiyasi qarorlari o‘z vaqtida shaxsiy kabinetlarga yuborilmagani va pedagoglarning shikoyatlari asosli baholanmagani qayd etilgan. O‘qituvchilar suddan attestatsiya jarayonlarini qayta o‘tkazish, ma’naviy ziyonni undirish va boshqa kamchiliklar uchun mas’uliyat yuklashni so‘ragan.

Teglar

Mavzuga oid