add

BMTning markaziy qarorgohida «O‘zbekiston xonasi» ochiladi

18.09.2025 | 18:2021562

Jenevadagi BMT binosida tez orada «O‘zbekiston xonasi» ochiladi. Saida Mirziyoyeva bu xonani madaniyatimizni ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etadigan muhim maskan sifatida ta’kidladi.

BMTning markaziy qarorgohida «O‘zbekiston xonasi» ochiladi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Jenevada O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan qabul marosimida nutq so‘zlab, Jenevadagi BMT binosida «O‘zbekiston xonasi» ochilishi haqida ma’lum qildi. U bu xona O‘zbekiston madaniyatining mo‘jazgina bir bo‘lagi sifatida, ko‘p millatli hamjamiyatga namoyish etilishi va dunyoga ochiqlik ramzi bo‘lishini ta’kidladi. Saida Mirziyoyeva, shuningdek, bu yirik qadamni amalga oshirishga qaramay, jahon hamjamiyatida qanday qiyinchiliklar va ziddiyatlar bo‘lsa ham, O‘zbekistonning dunyoga ochiqligini anglatadigan bir ramz sifatida ko‘rishni ta’kidladi. Jenevadagi Palais des Nations binosi 1929–1938-yillarda Millatlar Ligasi qarorgohi sifatida qurilgan va hozirda BMTning Yevropadagi markaziy qarorgohi hisoblanadi. Bino Jenevaning Ariana bog‘ida joylashgan va 153 ming kvadrat metr maydonga ega. Bu yerda BMTning turli bo‘limlari va xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi.

Teglar

Mavzuga oid

BMTning markaziy qarorgohida «O‘zbekiston xonasi» ochiladi | Vaqt.uz