add

«Eko nom» va «Novator» suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi

Bugun 23:053641

Akmal Murodovning aytishicha, ular amaldagi standartlarga javob bermaydi.

«Eko nom» va «Novator» suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi

«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ matbuot kotibi Akmal Murodov xabar berdi.

Qayd qilinishicha, «Novator LK» turidagi hisoblagichlar 2018 yilda amalda bo‘lgan GOST 6019-83 davlatlararo standart talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan va 02.3644-18-son bilan davlat reyestriga kiritilgan. Ushbu hisoblagichga berilgan sertifikat muddati 2023 yil 30-avgust kuni tugagani bois amalda emas.

«Eko Nom» rusumli hisoblagichlar 2016 yil 30-iyunda davlat reyestriga kiritilgan bo‘lib, 2020 yil 10-iyulda («Eko Nom SV» turidagi hisoblagichlar uchun 2024 yil 29-noyabrga qadar amal qilish muddati tugagan. Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda mazkur hisoblagichlar amaldagi milliy standart talablari bo‘yicha sinovdan o‘tkazilmagan.

«O‘zsuvta’minot» AJ Axborot xizmati rahbari fuqarolar tomonidan hozirgi vaqtda ishlatilayotgan bunday rusumli hisoblagichlar taqdiri nima bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.

O‘zbekiston hududida foydalanishga ruxsat etilgan suv hisoblagichlar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

Teglar

Mavzuga oid

«Eko nom» va «Novator» suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi | Vaqt.uz