
Endi kartasiz naqd pul yechish mumkin
Tasavvur qiling, sizga naqd pul kerak va bankomat oldiga keldingiz, ammo yoningizda plastik karta ham, smartfon ham yo‘q. Xo‘sh, bunday holatda karta amaliyotlarini qanday amalga oshirish mumkin?

Raqamli ekotizimni rivojlantirish doirasida Asia Alliance Bank yuzni aniqlash funksiyasiga ega biometrik bankomatni ishga tushirdi. Yangi yechim mijozlarga face recognition texnologiyasi yordamida bank kartasi va PIN-kodsiz operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu bosqichda mijozlar hisobvaraqdan naqd pul yechib olishlari va elektron hamyonni to‘ldirishlari mumkin. Xizmatdan foydalanish uchun Alliance Pay mobil ilovasini yuklab olish va dastlabki biometrik identifikatsiyadan o‘tish kerak.
Biometrik bankomat mijozni ishonchli identifikatsiya qilish uchun yuzni aniqlashdan foydalanadigan zamonaviy o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish qurilmasidir. Yuqori aniqlikdagi kamera yuzni skanerlaydi, shundan so‘ng intellektual algoritmlar tasvirni bank bazasidagi biometrik namunalar bilan taqqoslaydi.
Bundan tashqari, tizim tasvirning «jonliligini» tekshiradi va qalbakilashtirishdan, jumladan, deepfake va 3D niqoblardan himoyalangan. Biometriyadan foydalanish bir qator asosiy afzalliklarni beradi: kartalar va PIN-kodlar bilan firibgarlikni istisno qilish orqali yuqori xavfsizlik, skimmingdan himoya, shuningdek, maksimal qulaylik va tezlik — autentifikatsiya jarayoni atigi 1–2 soniya davom etadi.
Bu texnologiyalarni joriy etish bankning operatsion xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi va virtual kartalarni chiqarish yoki xizmatlardan foydalanishni tiklash kabi yangi xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini ochadi.
Biometrik xizmat ko‘rsatish yagona o‘zaro muloqot muhitini shakllantiradi va bo‘limlarga tashrif buyurmasdan masofadan identifikatsiya qilish, cardless cash operatsiyalari hamda bankomatni self-service KYC funksiyalariga ega to‘laqonli mini-ofisga aylantirish uchun asos yaratadi.
Bugungi kunda ushbu texnologiyalarni rivojlantirish ayniqsa dolzarb bo‘lib qolmoqda, chunki O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki savdo nuqtalarda xaridlarni kartalarsiz, smartfon yordamida to‘lash imkonini beruvchi yagona QR-kodni joriy etishga tayyorlanmoqda. Bu odamlarda bank kartalarini olib yurmaslik odatini shakllantiradi, bu esa, o‘z navbatida, ekologiyani yaxshilashga va plastik ishlatilishini kamaytirish orqali uglerod izini qisqartirishga yordam beradi.
Biroq bunday odatning salbiy tomoni ham bor: zarurat tug‘ilganda naqd pul yechib olish yoki quvvati tugagan smartfon bilan to‘lovni amalga oshirib bo‘lmasligi mumkin. Bu holatda Asia Alliance Bankning yuzni aniqlash texnologiyasi vaziyatdan chiqishning shubhasiz yo‘li hisoblanadi, chunki yuz doimo insonning o‘zi bilan birga bo‘ladi. Biometrik bankomatni ishga tushirish — bu to‘laqonli raqamli o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, bunda mijoz o‘z mablag‘lariga imkoni qadar oson va tabiiy usulda kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bankomatlar allaqachon Asia Alliance Bankning ayrim filiallarida mavjud. Hozir HUMO kartalariga ega bo‘lgan bank mijozlari ushbu bankomatlar orqali naqd pul yechib olishlari yoki hamyonlarini to‘ldirishlari mumkin. Joriy yil fevral oyidan boshlab ushbu xizmat Uzcard, Visa va Mastercard kartalari uchun ham mavjud bo‘ladi.
Kartalarsiz to‘lovlar davrida eng ishonchli kalit — bu sizning yuzingiz. Asia Alliance Bank — yuzingiz bilan pulingiz doimo qo‘lingizda!
Bankning rasmiy sayti: aab.uz
Aloqa uchun raqam: (+998 71) 231-60-00, 1270





