add

Eng yaxshi 50 nafar texnikum o‘qituvchisi malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

Kecha 11:251141

Prezident qaroriga ko‘ra, endi texnikum pedagoglari yangicha tizim asosida malaka oshiradi. Har yili eng yaxshi natija ko‘rsatgan 50 nafar o‘qituvchi xorijiy tajribadan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eng yaxshi 50 nafar texnikum o‘qituvchisi malaka oshirish uchun xorijga yuboriladi

O‘zbekiston prezidentining PQ–316-sonli qarori bilan texnikumlardagi pedagoglar malakasini oshirishning yangicha tartibi joriy etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, umumta’lim fanlari o‘qituvchilari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda hududiy markazlarda malaka oshiradi.

Shuningdek, maxsus fan o‘qituvchilari yetakchi oliy ta’lim tashkilotlarida, ishlab chiqarish ta’limi ustalari esa hududiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari yoki sohaviy malakani oshirish muassasalarida bilim va ko‘nikmalarini yangilaydi.

Qarorga muvofiq, har yili malakani oshirish jarayonida eng yuqori natijaga erishgan 50 nafar pedagog — ishlab chiqarish ustalari, umumta’lim va maxsus fan o‘qituvchilari xorijiy tajriba almashish dasturlariga yuboriladi.

Bu tashabbus sohada xalqaro standartlar va ilg‘or uslublarni joriy etishga xizmat qiladi.

Ta’lim vazirligi ma’lumoticha, xorijdagi malaka oshirish dasturlari orqali o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion ta’lim usullari va ishlab chiqarish amaliyotini integratsiya qilish bo‘yicha bilimlar oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qituvchilar o‘rtasida dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgarganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid