add

G‘azoda ikki yillik urushdan so‘ng maktablar yana ochilyapti

G‘azo sektorida tinchlik kelishuvi kuchga kirganidan keyin ba’zi maktablarda darslar boshlanayotgani ma’lum qilindi.

G‘azoda ikki yillik urushdan so‘ng maktablar yana ochilyapti

BMTning Falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA) G‘azo sektorida tinchlik kelishuvi kuchga kirganidan so‘ng ayrim maktablarda darslar qayta boshlanib, bolalar asta-sekin ta’lim jarayoniga qaytayotganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Arabiya nashri.

UNRWA rahbari Filipp Lazzarini aytishicha, hozirgacha 25 mingdan ortiq o‘quvchi agentlik tashkil etgan «vaqtinchalik ta’lim markazlari»da o‘qishni boshladi, yana 300 mingga yaqin bola onlayn ta’lim olyapti.

Qayd etilishicha, Nusayrat shahridagi «Al-Hassayna» maktabida 1 noyabrdan darslar boshlangan bo‘lib, sinf xonalarining yetishmasligi tufayli bolalarning ko‘p qismi polda o‘tirar ekan. Maktab urush davrida o‘nlab qochqin oilalar uchun boshpanaga aylangan, hozir ham ayrimlar shu yerda yashashda davom etmoqda.

11 yoshli o‘quvchi Varda Radvan ikki yillik tanaffusdan so‘ng maktabga qaytganidan mamnunligini aytdi: «Men oltinchi sinfda o‘qiyman, ammo ko‘chish va urush sabab ikki yil ta’limdan uzilib qoldim», dedi u.

O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, maktablarda hozircha faqat arab tili, ingliz tili va matematika fanlari o‘qitilyapti. Oilalar esa bolalarni maktabga tayyorlash uchun daftar, kitob va qalamlar yetishmayotganini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoga darhol «kuchli zarbalar» berishni buyurgani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

G‘azoda ikki yillik urushdan so‘ng maktablar yana ochilyapti | Vaqt.uz