
Netanyahu buyrug‘i: «G‘azoga darhol kuchli zarbalar berilsin»
28.10.2025 | 23:207751
Bundan oldin Isroil bosh vaziri HAMASni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganlikda ayblagan edi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoga darhol «kuchli zarbalar» berishni buyurdi. Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu voqea Netanyahu HAMASni hududda o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganlikda ayblashi va HAMAS Isroil tomonidan ilgari qaytarilgan deb ta’kidlangan isroillik garovga olingan shaxsning jasadini topshirganidan so‘ng yuz bergan.
«Xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunida bosh vazir Netanyahu harbiy qo‘mondonlikka G‘azo sektoriga zudlik bilan kuchli zarbalar berishni topshirdi», - deya ta’kidlanadi Isroil bosh vaziri devonxonasi bayonotida.





