
Hafta davomida O‘zbekistonda issiq ob-havo va changli shamollar kuzatilishi mumkin
16.06.2025 | 12:1715112
O‘zgidromet xizmati xabar berishicha, 2025 yil 16 iyundan boshlab O‘zbekiston hududida juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kuchayadi. Janub va cho‘l hududlarida harorat +44° darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Hafta boshida Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 17–19 iyun kunlari esa respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi harorat +40...+42°, ayrim holatlarda +43...+44° darajani tashkil etadi. Tungi vaqtda ham havo issiq va dim bo‘lib, faqat tongda harorat +24...+27° gacha tushishi mumkin.
Hafta oxirida havo biroz salqinlashadi. Kunduzi respublika bo‘ylab +35...+38°, janubiy hududlarda esa +39...+41° daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi.
Respublika bo‘ylab 13–18 m/s tezlikdagi sharqiy shamollar kuzatilishi, ayrim hududlarda chang‘-to‘zonlar kuzatilishi ehtimoli yuqori. 16–18 iyun kunlari bu holat asosan shimol va cho‘l hududlarida, 19–21 iyun kunlari esa deyarli barcha viloyatlarda qayd etilishi mumkin.
20 iyun kuni tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Toshkent shahrida havo asosan kam bulutli, quruq va issiq bo‘lib, 16 iyun kuni harorat +36...+38°, 17–19 iyun kunlari +38...+41°, 20 iyun kuni esa +35...+37° daraja atrofida bo‘ladi.





