add

Haydovchilar «prava» uchun qaytadan imtihon topshirishi haqidagi xabarlar rad etildi

Kecha 15:121 daqiqa

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «prava»si borlarga ham bepul va majburiy qayta imtihon bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar asossiz ekani ma’lum qilindi.

Haydovchilar «prava» uchun qaytadan imtihon topshirishi haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilga qadar milliy haydovchilik guvohnomasini olgan fuqarolar yangi imtihon markazlarida grafik asosida majburiy tartibda, bepul qayta imtihondan o‘tkazilishi haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, ma’lum qildi YHXX. Mazkur ma’lumotlar hech qanday huquqiy asosga ega emasligi rasman ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, ayni paytda amaldagi qonunchilikka muvofiq, haydovchilarni ommaviy ravishda qayta imtihondan o‘tkazishni nazarda tutuvchi hech qanday qaror yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan. Shu bois bunday xabarlar fuqarolar o‘rtasida asossiz xavotir va tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda o‘z kuchida qoladi va ularni almashtirish yoki qayta imtihondan o‘tish faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tilga olinayotgan «grafik asosida majburiy qayta imtihon» amaliyoti amalda mavjud emas.

Shuningdek, fuqarolardan tekshirilmagan va rasmiy manbalar bilan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik so‘raldi. Bunday xabarlar jamoatchilikni chalg‘itishi, turli mish-mishlar tarqalishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid