add

Hindiston Rossiya neftidan voz kechish evaziga AQSHdan Eron nefti xaridiga ruxsat so‘radi

26.09.2025 | 08:0034304

Bloomberg nashrining yozishicha, Hindiston Rossiyadan importni qisqartirish evaziga AQSHdan Eron va Venesuela neftini sotib olishga ruxsat so‘ramoqda.

Hindiston Rossiya neftidan voz kechish evaziga AQSHdan Eron nefti xaridiga ruxsat so‘radi
Bloomberg agentligining yozishicha, Hindiston rasmiylari Donald Tramp ma’muriyatidan Eron va Venesuela kabi sanksiya ostidagi mamlakatlardan neft sotib olishga ruxsat berishni so‘ramoqda. Nyu Dehli vakillarining ta’kidlashicha, faqat shunday sharoitdagina Rossiyadan neft importini sezilarli darajada qisqartirish mumkin bo‘ladi. Manbalarga ko‘ra, bu masala AQSHga tashrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi tomonidan qayta-qayta ko‘tarilgan. Hindistonliklarning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida Rossiya, Eron va Venesueladan neft olishni to‘xtatish jahon bozorida narxlarni keskin oshirishi mumkin. Muzokaralar AQSHning Hindistonga nisbatan qattiq tariflar joriy qilganidan keyin bo‘lib o‘tdi. Bu chora Nyu Dehlining Rossiya nefti bilan savdosi uchun jazo sifatida kiritilgan edi. Shunga qaramay, mamlakat hali ham Moskvadan arzon neftni sotib olishda davom etmoqda. Hindiston savdo vaziri Piyush Goyal esa Nyu Yorkda mamlakat AQSHdan neft va gaz importini ko‘paytirish niyatida ekanini bildirdi. Rossiya Ukrainadagi urush sabab ko‘plab xaridorlarini yo‘qotgach, neftni arzonlashtirishga majbur bo‘lgan edi. Hindiston esa bu imkoniyatdan keng foydalanib, import xarajatlarini qisqartirdi. Chunki mamlakat neft ehtiyojining qariyb 90 foizini tashqi bozordan qoplaydi. Eslatib o‘tamiz, Hindiston 2019 yilda Eron neftasini sotib olishni to‘xtatgan, bu yil esa yirik xususiy kompaniya Reliance Industries AQSH sanksiyalari kuchayganidan so‘ng Venesueladan voz kechgan edi. Ammo Yaqin Sharq neftiga to‘liq o‘tish Nyu Dehli uchun ancha qimmatga tushishi mumkin. Hindiston Savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyida Rossiya nefti barreliga o‘rtacha 68,9 dollar bo‘lgan. Saudiya nefti 77,5, Amerika nefti esa 74,2 dollar  turdi.

Teglar

Mavzuga oid