add

Hokimlik boshqaruv xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash tartibi belgilandi

29.10.2025 | 13:552631

Mazkur tartib Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlar uchun qo‘llaniladi.

Hokimlik boshqaruv xodimlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholash tartibi belgilandi

«Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashning» namunaviy tartibi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Ushbu namunaviy tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklarining o‘z ichki tartibini belgilashda tatbiq etiladi. Shuningdek, mazkur tartib Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan lavozimlardagi hokimlik xodimlari uchun qo‘llaniladi.

Ungu ko‘ra, hokimlik xodimlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularni baholash belgilangan sxemaga asosan «samaradorlik.uz» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

Hokimlik xodimlari faoliyati samaradorligining reyting natijalari quyidagicha baholanadi:

70 balldan kam bo‘lganda – «qoniqarsiz» (D);

70 balldan 85 ballgacha – «qoniqarli» (C);

85 balldan 100 ballgacha – «yaxshi» (B);

100 ball va undan yuqori bo‘lganda – «a’lo» (A).

Avvalroq maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga KPI asosida har oylik ustama to‘lash tartibi belgilangani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid