add

Ijara daromadidan tushgan soliqlar to‘liq mahalliy byudjetga yo‘naltiriladi

30.11.2025 | 15:161981 daqiqa

2026-yildan jismoniy shaxslarning ijaradan olgan daromadlari uchun to‘lagan soliqlari to‘liqligicha mulk joylashgan tuman yoki shahar byudjetiga o‘tkaziladi.

Ijara daromadidan tushgan soliqlar to‘liq mahalliy byudjetga yo‘naltiriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1-yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulklarni ijaraga berishdan olgan daromadlaridan to‘lanadigan soliq to‘liq hajmda mulk joylashgan tuman yoki shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladi.

Yangi qoidalar soliq munosabatlarini shaffof va manzilli tashkil etishni maqsad qilgan. Shu doirada 2026 yildan «Ochiq budjet» portalida «Jismoniy shaxslarning soliqlari hisobidan xarajatlar» deb nomlangan yangi modul ishga tushiriladi. Unda fuqarolar tomonidan to‘langan daromad solig‘i, mol-mulk va yer solig‘i miqdori, shuningdek, ushbu soliqlar hisobidan amalga oshirilgan budjet xarajatlari doimiy ravishda e’lon qilib boriladi.

Shuningdek, keyingi yildan Namanganda yangi soliq boshqaruvi modelini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eksperiment boshlanadi. Unda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha 1 million so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirishda elektr energiyasining billing tizimi mexanizmidan foydalanish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, soliq organlari faoliyatini baholashda inson omili ta’sirini kamaytirish maqsadida avtomatik tarzda shakllanadigan samaradorlik ko‘rsatkichlaridan foydalanish amaliyoti davom ettiriladi.

Teglar

Mavzuga oid