Inflyatsiya xavfi pasaydi, ammo oziq-ovqat narxlari sezilarli darajada qimmat
10.10.2025 | 18:00233910
Aholi va tadbirkorlar hanuz kommunal xizmatlar, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshib borishidan xavotirda. Eng kutilmagan holat — inflyatsion kutilmalar bo‘yicha Sirdaryo avgustda 11-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, sentyabrda keskin ko‘tarilib, birinchi o‘ringa chiqdi.

Markaziy bank sentyabr oyi bo‘yicha aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari natijalarini e’lon qildi. So‘rovda 3 ming 420 nafar respondent ishtirok etgan.
[caption id="attachment_20326" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Sentyabrda aholining inflyatsion kutilmalari 0,2 foizga pasayib, 12 foiz darajani tashkil etdi. Avgust oyida ham bu ko‘rsatkich 0,7 foizga kamaygan edi.
Tadbirkorlar kutilmalari esa 11,7 foizga teng bo‘lib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasaygan. Har ikki ko‘rsatkich ham 2024 yil iyul oyidan buyongi tarixiy minimumni takrorlagan.
Odamlar va tadbirkorlar nimadan xavotirda?
[caption id="attachment_20327" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
An’anaga sodiq holda, aholi hamda tadbirkorlar birdek kommunal xizmatlar, yoqilg‘i va energiya narxlarining qimmatlashishidan xavotirda ekanligini ma’lum qilgan.
Avgust oyida ham shunday holat kuzatilgan — ya’ni benzin va yoqilg‘i narxlarining o‘sishiga oid ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, tadbirkorlar xomashyo narxlari oshishini kutmoqda.
Qizig‘i shundaki, yillar davomida xavotir kuchli bo‘lgan valyuta kursining o‘zgarishiga oid inflyatsion kutilmalar avgust va sentyabrda “yashil hudud”ga kirgan. Bu valyuta kursining tushishi bilan bog‘liq — aholi va tadbirkorlar dollar kursi ko‘tarilishidan endilikda qo‘rqmayapti.
Sohalar kesimida natijalar
[caption id="attachment_20328" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Aholi orasida yuqori inflyatsion kutilmalar pensiya yoshidagi fuqarolar tomonidan bildirilgan bo‘lsa, narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari orasida kuzatilgan.
Tadbirkorlar orasida esa axborot texnologiyalari va OAV sohalari 13,3 foiz bilan yetakchilik qilgan. Avgust oyida aholi ham, tadbirkorlar ham ilm-fan va ta’lim sohasidagi narxlar oshishidan xavotir bildirgan — buni yangi o‘quv yili boshlangani bilan izohlash mumkin.
Hududlar kesimida kutilmalar
[caption id="attachment_20329" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Sirdaryo viloyatida, eng pasti esa Buxoro viloyatida qayd etilgan. Sirdaryoda ikki oylik natijalarni solishtirsak, keskin farq kuzatiladi: avgustda 11,6 foiz (11 o‘rin), sentyabrda esa 12,7 foiz (1 o‘rin).
Qiziq jihati — avgust oyida Surxondaryo viloyati (14,4 foiz) kutilmagan holda yetakchi bo‘lgan edi. Sentyabrda esa bu hududda kutilmalar keskin tushib, 11,2 foiz ko‘rsatkich bilan 14-o‘rinni egalladi.
Iqtisodchi Otabek Bakirov Toshkent shahri aholisining kutilmalari hududlardagi “sakrovchi xalinchak” natijalarga qaraganda yaxshilanib borayotgani shubhalar uyg‘otganini yozgan. Iqtisodchi, ehtimol, bu natijalar sun’iy bo‘lishi ham mumkinligini iddao qilgan.
Tadbirkorlik sub’ektlari orasida eng yuqori inflyatsion kutilmalar Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar tomonidan bildirilgan. O‘tgan oyda eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyati tadbirkorlariga tegishli bo‘lgan.
[caption id="attachment_20330" align="aligncenter" width="633"]
Infografika: Markaziy bank[/caption]
Daromadlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki, 2–4 mln so‘mlik kam daromadli aholi hamda 10 mln so‘mdan yuqori daromadli to‘q qatlamning inflyatsion kutilmalari keskin yomonlashgan. 20–30 mln so‘m daromadga ega fuqarolar orasida esa kutilmalar 17,8 foizga yetgan (+3,4 foiz).
Eng yuqori sezilgan inflyatsiya poytaxt — Toshkent shahriда bo‘lib qolmoqda (13,9 foiz). O‘tgan oyning yetakchilari bo‘lgan Surxondaryo (14,4 foizdan 11,0 foizgacha) va Samarqand (14,4 foizdan 12,5 foizgacha) viloyatlarida sezilgan inflyatsiya keskin pasaygan.
Aholi toifalari kesimida, eng ijtimoiy qatlam — pensionerlar orasida inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lib chiqdi. Daromad guruhlari bo‘yicha esa 30 million so‘mdan ortiq daromad oluvchilarning sezgan inflyatsiyasi 16,9 foizgacha ko‘tarilgan (+5,4 foiz).
Ijara haqi avgust oyiga nisbatan yuqori qimmatlagan tovar va xizmatlar ichida eng katta o‘sish dinamikasini ko‘rsatgan. Doimgi an’anaga muvofiq, go‘sht va sut mahsulotlari, benzin va yoqilg‘i, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari umumiy o‘sishda yetakchilik mavqeini saqlab qolmoqda.
Benzin narxi sentyabr oyida 1,4 foizga (yillik 11,8 foiz), yil boshiga nisbatan esa 5,9 foizga (o‘tgan yilning shu davrida 0,3 foiz) qimmatlashgan. Metan narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan, shunga qaramay, o‘tgan yil sentyabriga nisbatan 30,6 foizga yuqoriligicha qolmoqda.
Yanvar – sentyabr oylari uchun inflyatsiya o‘sishiga asosan turar joy xizmatlari, suv, elektr, gaz va boshqa yonilg‘i turlari, transport, oziq-ovqat mahsulotlari va spirtsiz ichimliklar, maishiy tovarlar hamda xizmatlar, sog‘liqni saqlash sohasi narx va tariflaridagi o‘zgarishlar katta ta’sir ko‘rsatgan — umumiy o‘sishning 83,6 foizi aynan shu sohalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, sentyabr oyida O‘zbekistonda oylik inflyatsiya 0,6 foizgacha tezlashgan, yillik hisobda esa 8 foizgacha sekinlashgan.
Mahliyo Hamidova tayyorladi.