
Islombek Ismoilov «Neftchi» PFKga bosh murabbiy bo‘ldi
O‘zbekiston U-17 termasini qit’a chempioni qilgan va jahon musobaqasida yuqori natijaga olib chiqqan Islombek Ismoilov «Neftchi» PFKga bosh murabbiy bo‘ldi

Marg‘ilonda tug‘ilgan Islombek Ismoilov yosh bo‘lishiga qaramay, milliy futbolimizda erishgan yutuqlari bilan e’tibor qozongan mutaxassis sifatida taniladi. U boshqargan U-17 terma jamoasi zamonaviy uslub, qat’iy intizom va barqaror o‘yini bilan Osiyo chempioniga aylangan, shuningdek, Jahon chempionatida ham munosib ishtirok etgan edi.
«Neftchi» PFK rasman e’lon qilgan bu tayinlov klubning kelgusi mavsum oldidan muhim qadami sifatida baholanmoqda. Navbatdagi vazifalar jamoa uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Klub chempionlik mavqeini saqlab qolish bilan birga, ichki raqobatni kuchaytirish va o‘yin sifatida barqaror rivojlanishga erishishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, «Neftchi»ning Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichida munosib natijaga erishishi ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etilmoqda. .
Avvalroq Islombek Ismoilov Qatardagi U17 Jahon chempionati 1/8 finalida Italiyaga 2:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri muxlislarga murojaat qilib, jamoa bilan yo‘li rasman tugaganini bildirgan edi.





