add

Isroil Eronga kutilmagan xabar yo‘lladi

23.06.2025 | 21:4022372

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat ortidan Isroil tomoni Eronga kutilmagan shaklda murojaat yo‘lladi.

Isroil Eronga kutilmagan xabar yo‘lladi
The Wall Street Journal gazetasi rasmiy manbalarga tayanib yozishicha, AQSH arab amaldorlaridan Isroilning mojaroni tezda yakunlashni istayotganini Eronga yetkazishni so‘ragan. Tehron esa o‘z navbatida, AQSHning o‘z hududiga qilgan hujumlariga «javob berishga majbur» ekanligini ma’lum qilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil Eron bilan mojaroni «tez orada» yakunlashga intilmoqda. Yaqin kunlarda Isroilning belgilangan Eron ob’ektlariga zarba berishni nihoyasiga yetkazishi kutilyapti. Isroil amaldorlari aytishicha, AQSH hujumlaridan so‘ng Eron muzokaralar stoliga o‘tirishiga umid qilmoqda. Biroq, agar Eron Isroilga hujum qilishni davom ettirsa, Isroil ham Eronga zarbalar berishni to‘xtatmaydi. AQSH 22 iyun kechasi Eronning Natanz, Fo‘rdo‘ va Isfahondagi uchta yadro ob’ektiga zarba berdi. Rasmiy Vashingtonga ko‘ra, bu hujum Eronning yadro dasturini yo‘q qilish yoki jiddiy zaiflashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

Teglar

Mavzuga oid