
Isroil qo‘mondoni Eronga yangi zarba ehtimolini bildirdi
15.08.2025 | 09:0036983
Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari Eyal Zamir zarurat tug‘ilsa, Eronga yana zarba berishga tayyorlikni ma’lum qildi.

Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari Eyal Zamir mamlakat harbiylariga bag‘ishlangan marosimda Eronga qarshi yangi harbiy operatsiya ehtimoli haqida gapirdi. Army Radio xabar qilishicha, u Tel Aviv zarurat tug‘ilganda hujumni takrorlashga tayyorligini bildirdi.
Bu bayonot Eron Milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ali Larijoniyning Livanga safari ortidan bir kun o‘tib aytildi. 13 iyunda Isroil AQSH qo‘llab-quvvatlovi bilan Eronga qarshi 12 kunlik urushni boshlagan edi. Javob zarbasi sifatida Tehron ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qildi. 24 iyunda Vashington oteshkesimga erishilganini ma’lum qilgan edi.
Zamirning ta’kidlashicha, Isroil armiyasi Eron va uning «qarshilik o‘qi» deb ataluvchi ittifoqchilari — Livandagi «Hizbulloh» va Yamandagi husiychilarga qarata zarba berdi va kerak bo‘lsa yana harakatga tayyor. U yaqindagi to‘qnashuvni «profilaktik urush» deb atadi.
So‘nggi haftalarda Isroilning boshqa rasmiylari — mudofaa vaziri Yisrael Kats va tashqi ishlar vaziri Gideon Saar ham Eronga qarshi yangi hujum ehtimolini inkor etmagan.





