add

Istanbulda o‘tgan uchinchi Ukraina va Rossiya muzokarasida Putin-Zelenskiy uchrashuvi taklif etildi

24.07.2025 | 08:0010404

23 iyul kuni Istanbul shahrida Ukraina va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida uchinchi muzokaralar raundi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qirq daqiqadan kamroq davom etdi va unda qator muhim masalalar ko‘tarildi.

Istanbulda o‘tgan uchinchi Ukraina va Rossiya muzokarasida Putin-Zelenskiy uchrashuvi taklif etildi
Ukraina delegatsiyasiga mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov rahbarlik qildi. Unga ko‘ra, ukrain tomoni Rossiyaga Zelenskiy va Putin ishtirokida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazishni taklif etgan. Bunday sammitda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va AQSH prezidenti Donald Tramp ham ishtirok etishi mumkin. Uchrashuvni avgust oyi oxiriga qadar o‘tkazish taklif qilingan.

Rossiyaning Ukraina bilan muzokaralaridagi delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiyning bayonotiga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuv faqat oldindan kelishib olingan bitimlarni imzolash uchungina o‘tkazilishi mumkin. Bu uchrashuv kelishuv shartlarini muhokama qilish uchun mo‘ljallanmaydi.

Umerov muzokarada Ukraina tomoni o‘t ochishni to‘xtatish va fuqarolar hamda muhim infratuzilma ob’ektlariga hujumlarni bas qilishga tayyor ekanini bildirganini ma’lum qildi. Ammo Rossiya delegatsiyasining bu taklifga munosabati oshkor etilmadi. Muzokarada asirlar va fuqarolar almashinuvi masalasi ham muhokama qilindi. Rossiya tomoni uch yildan ortiq asirlikda bo‘lganlar, og‘ir yaralangan va yoshlarni qaytarishga rozi bo‘lgan. Jami 1200 nafardan ortiq shaxslarni humanitar almashinuv doirasida qaytarish rejalashtirilmoqda. Bir soatga yaqin o‘tgan uchinchi uchrashuv eng qisqa davom etgan muzokara bo‘ldi. Bundan avvalgi ikki muzokara — 16 may va 2 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan. Ular ham qisqa davom etgan va asosiy masalalar bo‘yicha jiddiy burilish kuzatilmagandi. Bu safar ham uchrashuv atigi bir soat davom etdi, ammo birinchi marta yuksak darajadagi rahbarlar uchrashuvi taklifi rasman bildirildi.

Teglar

Mavzuga oid