add

Istanbulda qidiruvdagi jinoyatchi ayol ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

19.06.2025 | 11:1549652

O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari va Turkiya rasmiylari hamkorligida Istanbul shahrida qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. U jinoyat sodir etganlikda ayblanib, bir necha vaqtdan buyon yashirin holda yurgan.

Istanbulda qidiruvdagi jinoyatchi ayol ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi
Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, 1981 yilda tug‘ilgan I.U. Namangan viloyati IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi (odam savdosi) bo‘yicha qidiruvga berilgan. U Turkiyaning Istanbul shahrida yashirin holda yashab kelayotgani tezkor ma’lumotlar orqali aniqlangan. Jinoyatni fosh etishda O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning ichki ishlar masalalari bo‘yicha aloqa ofitseri o‘rtasidagi samarali hamkorlik muhim rol o‘ynagan. 17 iyun kuni I.U. Istanbulda hibsga olinib, xalqaro tartibdagi huquqiy asoslar asosida O‘zbekistonga qaytarildi. Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilishi kutilmoqda. Bu holat O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xalqaro hamkorlikda samarali ish olib borayotganini yana bir bor ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid