add

Iste’molchilarga yil boshidan beri 247 mlrd so‘m keshbek berildi

29.10.2025 | 19:004301

Soliq qo‘mitasi 2025 yil boshidan beri xaridorlarga berilgan elektron cheklar miqdorini ma’lum qildi.

Iste’molchilarga yil boshidan beri 247 mlrd so‘m keshbek berildi

Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatida xaridorlarga umumiy qiymati 96,2 trln so‘mlik 2 mlrd 100,6 mln dona elektron chek berildi.

soliq

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilgan xaridorlarga avtomatik tarzda 518 mln dona elektron chek uchun 247 mlrd so‘m keshbek hisoblandi.

Qayd etilishicha, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida marketpleyslarning ma’lumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Jumladan, 220 ta marketpleyslar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 49 tasi elektron to‘lov tizimi, 36 tasi bank mobil ilovasi va 135 tasi internet do‘koni hisoblanadi.

Avvalroq talabalarga uyini ijaraga bergan fuqarolar 9 oyda 44 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi olgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Iste’molchilarga yil boshidan beri 247 mlrd so‘m keshbek berildi | Vaqt.uz