add

Talabalarga uyini ijaraga bergan fuqarolar 9 oyda 44 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi oldi

29.10.2025 | 10:002341

2025 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida soliq organlarida 584 mingdan ortiq ijara shartnomasi rasmiy ro‘yxatga olingan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha jami 828,7 milliard so‘m miqdorida soliq hisoblangan.

Talabalarga uyini ijaraga bergan fuqarolar 9 oyda 44 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi oldi

O‘zbekistonda 2025 yilning 9 oyida talabalarga uyini ijaraga bergan fuqarolar 44 milliard so‘m soliq imtiyozidan foydalangan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida mamlakat bo‘yicha 584 mingdan ziyod ijara shartnomalari hisobga olingan. Ushbu shartnomalar bo‘yicha jami 828,7 milliard so‘m miqdorida soliq hisoblangan.

Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 412 mingta ijara shartnomasi asosida 625 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblandi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan shartnomalar soni 9 foizga, soliq miqdori esa 44 foizga o‘sganini ko‘rsatadi.

Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 172,6 mingta shartnoma bo‘yicha 203,7 milliard so‘m soliq hisoblangan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan shartnomalar sonida 13,8 foiz va soliq miqdorida 21,9 foiz o‘sishni anglatadi.

Shu bilan birga, uyini talabalarga ijaraga bergan fuqarolarga maxsus soliq yengilliklari berilayotgani qayd etilgan. Yanvar–sentyabr oylari davomida talabalar bilan tuzilgan 96,3 mingta ijara shartnomasi asosida jami 44 milliard so‘mlik daromad solig‘i imtiyozi qo‘llanilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu ijara shartnomalari orqali 118 998 nafar talaba turar joy bilan ta’minlangan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu choralar ijara bozorida shaffoflikni oshirish va norasmiy bitimlarni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026 yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmasligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid