add

Jahon davlatlari qarzi umumiy 111 trln dollarga yetdi — Yaponiya yetakchi

20.11.2025 | 16:101362 Daqiqa

Jahon davlatlari umumiy qarzi 2025 yilda 111 trln dollarga yetdi, bu global yalpi ichki mahsulotning 94,7 foizini tashkil etmoqda.

Jahon davlatlari qarzi umumiy 111 trln dollarga yetdi — Yaponiya yetakchi

Visual Capitalist tahliliga ko‘ra, 2025 yil yakuniga kelib, jahon davlatlari umumiy qarzi rekord darajaga — 111 trln dollarga yetdi. Bu butun dunyo iqtisodiyoti hajmining 94,7 foiziga teng. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotida ta’kidlanishicha, davlatlar qarzi ortib borayotgani fonida uning xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham ko‘payib, ijtimoiy xarajatlar uchun mablag‘lar kamaymoqda.

Dunyo bo‘yicha 23 ta davlat davlat qarzi mamlakat YAIMidan yuqori bo‘lgan holda yashamoqda. Yaponiya bu borada 230 foizli ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinda qolmoqda. Sudan (222 foiz) va Singapur (176 foiz) esa keyingi o‘rinlarni band etgan. Yaponiyadagi vaziyatda hukumat yana milliardlab subsidiyalar va yumshoq pul-kredit siyosatini joriy qilmoqchi, biroq bu choralar qarzni kamaytirishi qiyin.

Government-Debt-to-GDP-in-2025-Update_website_Nov11

Yevropadagi eng og‘ir holat Gretsiyada — u yerda davlat qarzi YAIMning 147 foiziga teng. Italiyada bu ko‘rsatkich 137 foiz, biroq 2020 yilgi eng yuqori darajalardan pasayish qayd etilgan.

AQSH esa 11-o‘rinda. Federal qarz hajmi 38 trln dollarga yetgan, va har yili defitsit 1,8 trln dollarni tashkil qilmoqda. Bu AQSH davlat qarzini YAIMning 125 foizigacha olib chiqqan.

Urash borayotgan Ukraina esa 16-o‘rinni egallab, 109 foizlik ko‘rsatkich qayd etgan. Bu Belgiya (108 foiz) va Kanada (114 foiz) kabi iqtisodi rivojlangan davlatlar darajasida. Biroq, tahlilchilarning ta’kidlashicha, Ukraina qarzining asosiy sababi — urush oqibatlaridir.

Mutaxassislarning qayd etishicha, 3,4 mlrd odam yashaydigan davlatlarda hukumatlar foiz to‘lovlariga ta’lim yoki sog‘liqni saqlashdan ko‘ra ko‘proq mablag‘ yo‘naltirmoqda. Ya’ni qarzda yashash insoniy taraqqiyot uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf manbaiga aylanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Jahon davlatlari qarzi umumiy 111 trln dollarga yetdi — Yaponiya yetakchi | Vaqt.uz