Logo

JCH-2026. Angliya gollarga boy o‘yinda Xorvatiya ustidan g‘alaba qozondi

Bugun 03:041 daqiqa

Keyn dublga erishdi.

JCH-2026. Angliya gollarga boy o‘yinda Xorvatiya ustidan g‘alaba qozondi

Jahon chempionatida favoritlardan biri Angliya ham o‘z yurishini boshladi.

L guruhining markaziy o‘yinida Angliya so‘nggi ikki mundial sovrindori Xorvatiyani mag‘lubiyatga uchratdi. Keyning dubli, Bellinghem va Reshfordning gollariga xorvatlardan Baturina hamda Musa javob qaytardi.

Guruhning ikkinchi bahsida Gana va Panama o‘zaro bahs yuritadi. O‘yin Toshkent vaqt bilan soat 04:00 da boshlanadi.

JCH-2026. L guruhi. 1-tur
Angliya — Xorvatiya 4:2

17-iyun. Arlington
Gollar: Keyn (12 penalti, 42), Bellinghem (47), Reshford (85) — Baturina (36), Musa (45+5).
Angliya — Pikford, Jeyms, Konsa, Stounz (Gehi, 87), O'Rayli, Anderson, Rays (Rojers, 72), Madueke (Saka, 72), Bellinghem (Spens, 80), Gordon (Reshford, 72), Keyn.
Xorvatiya — Livakovich, Shutalo, Vushkovich (Pashalich, 66), Gvardiol, Stanishich, Modrich (Kovachich, 58), Pashalich (Kramarich, 79), Perishich, Suchich, Baturina (Vlashich, 78), Musa (Matanovich, 66).

Mavzuga oid