JCH-2026. Yaponiya Niderlandiyani g‘alabadan mahrum qildi
Osiyo grandi ikki bor hisobda ortda qola turib, muvozanatni tiklashga erishdi.

Jahon chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.
F guruhining ilk o‘yinida Yaponiya Niderlandiya darvozasiga 89-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Osiyo grandi ikki bor hisobda ortda qola turib, muvozanatni tiklashni uddaladi.
Sh tariqa OFK jamoalarining mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etmoqda.
Guruhning ikkinchi bahsida Shvetsiya Tunisga qarshi maydonga tushadi.
JCH-2026. F guruhi. 1-tur
Niderlandiya — Yaponiya 2:2
14-iyun. Arlington
Gollar: van Deyk (51), Sammervill (64) — Nakamura (57), Kamada (89).
Niderlandiya — Verbryuggen, Dumfrts, van Hekke, van Deyk, van de Ven, Gravenberh (Ake, 81), de Yong, Reynders (Timber, 70), Sammervill (Kopmeyners, 70), Gakpo (Brobbi, 85), Malen (Depay, 70).
Yaponiya — Suzuki, Vatanabe (Tomiyasu, 75), Taniguti, Ito, Doan (Sugavara, 75), Kamada, Sano, Nakamura, Kubo (Ogava, 75), Maeda (Dzyunya, 64), Ueda (Shiogai, 84).
Ogohlantirishlar: Sammervill (61), Depay (83), van de Ven (90+1).





