Logo

Angliya huquqiga asoslangan Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi

Bugun 11:421 daqiqa

Xalqaro tijorat sudi Toshkent xalqaro moliya markazida tashkil etilib, unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi.

Angliya huquqiga asoslangan Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi © vaqt.uz

Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi.

Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida ekanligini ham ma’lum qildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oldinga qo‘yilgan bir qator rejalar haqida gapirib o‘tdi.

Xususan, Toshkent xalqaro moliya markazida Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib-tamoyil joriy etiladi, mustaqil Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil qilinadi. Unda nufuzli xorijiy sudyalar va xalqaro ekspertlar faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, investitsion mediatsiya tizimi ham rivojlantiriladi. 

Shuningdek, Prezident O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mediatsiya to‘g‘risidagi Singapur konvensiyasiga qo‘shilish niyatida ekanligini ham ma’lum qildi. 

Ushbu choralar natijasida investorlar O‘zbekistonning o‘zida kafolatlangan xalqaro huquqiy himoyaga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2-iyun kuni Qonunchilik palatasi Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni ma’qullangan edi. Biroq 13-iyun kungi yalpi majlisda Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni qayta ishlash uchun Qonunchilik palatasiga qaytardi.

Россия - Украина уруши

Toshkent xalqaro investitsiya forumi

16-18-iyun kunlari Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forumga oid barcha xabarlar bir havolada.

Teglar

Mavzuga oid