JCH-2026. Debyutant Iordaniya Avstriyaga yutqazdi
Osiyo jamoasi debyutida tarixiy golini urdi.

Jahon chempionatida J guruhida ham 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Debyutant Iordaniyaga turnirdagi ilk o‘yinini Avstriyaga qarshi o‘tkazib, munosib qarshilik ko‘rsatish urindi, ammo yakunda ikki to‘p farqi bilan imkoniyatni boy berdi.
Ali Olvan iordaniyaliklarning mundiallardagi ilk goli muallifi sifatida tarixdan o‘rin oldi.
Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida amaldagi chempion Argentina Messining het-trigi evaziga Jazoirni mag‘lubiyatga uchratgandi.
JCH-2026. J guruhi. 1-tur
Avstriya — Iordaniya 3:1
16-iyun. Santa-Klara
Gollar: Shmid (21), Al Arab (76, avtogol), Arnautovich (90+12, penalti) — Olvan (50).
Avstriya — Shlager, Posh, Linhart, Alaba (Danzo, 59), Mvene (Vanner, 59), Zayvald, Shlager (Chukvuemeka, 59), Shmid (Vimmer, 83), Laymer, Zabitser, Kalayjich (Arnautovich, 46).
Iordaniya — Abulayla, Nasib (Ar Rosan, 81), Al Arab, Abualnadi (Obayd, 72), Ehson (Al Mardi, 81), Ar Rashdon, Ar Ravabdeh, Taha, Al Fakhuri (Azaizeh, 89), Al Olvan, At Tamari (Dovud, 88).
Ogohlantirish: Zabitser (77).





