Logo

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

16.06.2026 | 02:001 daqiqa

Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.

JCH-2026. Belgiya og‘ir o‘yinda Misr bilan ochkolarni bo‘lishib oldi

Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahslari boshlandi.

Belgiya va Misr o‘rtasidagi qarama-qarshilikda 34 yoshga to‘lgan Salohning assistidan so‘ng Ashur hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Lukaku zaxiradan tushganidan 22 soniya o‘tib raqib himoyachisini avtogol urishga majbur qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan soat 06:00da Eron Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi.

JCH-2026. G guruhi. 1-tur
Belgiya — Misr 1:1

15-iyun. Sietl. «Lyumen Fild»
Gollar: Hani (66, avtogol) — Ashur (19).
Belgiya — Kurtua, Myone, Ngoy, Mexele, Kastan (Raskin, 56), Onana (de Kyuyper, 56), Tilemans, Trossar, de Bryuyne (Vanaken, 86), Doku (Fernandes-Pardo, 86), de Ketelare (Lukaku, 66).
Misr — Shobeyr, Hani, Ibrohim, Fathi (Odil, 89), Fatuh (Hofiz, 89), Attia, Lashin, Ziko (Zizo, 76), Saloh (Abjulkarim, 76), Ashur (Rabia, 71), Marmush.
Ogohlantirishlar: Attia (13), Kastan (14), Fatuh (34), de Kyuyper (74).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid