add

Keyingi kunlarda havo harorati yuqori bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet

15.07.2025 | 10:2048653

O‘zgidromet 17–20 iyul kunlari O‘zbekistonda juda issiq ob-havo kuzatilishi haqida shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi. Harorat ko‘rsatkichlari ayrim hududlarda 45 darajagacha yetishi mumkin.

Keyingi kunlarda havo harorati yuqori bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidromet
O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi 17–19 iyul kunlari mamlakat hududiga janubiy yo‘nalishdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi haqida shoshilinch bayonot berdi. Bu davrda harorat me’yordan ancha yuqori bo‘lishi kutilmoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 17 iyulda respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida, 18–20 iyul kunlari esa mamlakatning deyarli barcha hududlarida havo harorati 40–43 darajagacha, ayrim joylarda esa 44–45 darajagacha ko‘tariladi. Ichiga Bundan tashqari, shamol tezligi ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘ylab shamol 13–18 metr/soatgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda shamol chang-to‘zonlar bilan birga kechishi ehtimoli ham bor. Mutaxassislar aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga, kuyosh to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan vaqtlarda ko‘chada yurmaslikka, suyuqlik iste’molini oshirishga va kamonli joylarda bo‘lishga chaqirmoqda. Qayd etish joiz, bu davrda energetika, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalaridagi tashkilotlar ham yuqori harorat sababli uzluksiz ish rejimini ta’minlashga tayyor bo‘lishi kerak.

Teglar

Mavzuga oid