Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi

25.02.2026 | 21:401 daqiqa

U generallarga buyruq berishni boshlagan.

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadroviy kuchlari kuratori etib tayinladi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘zining 13 yoshli qizi Kim Ju Ega mamlakat yadroviy kuchlarini nazorat qilishni topshirdi. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib «The Chosun Daily» gazetasi xabar bermoqda.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Kim Ju E KXDR «raketa dasturi bosh direktori» lavozimini egallab turibdi. Ushbu rolda u fevral oyida bo‘lib o‘tgan Koreya Mehnat partiyasi qurultoyida ishtirok etdi. Ta’kidlanishicha, KXDR rahbarining 13 yoshli qizi generallardan hisobotlar qabul qiladi va ularga ko‘rsatmalar beradi.

The Chosun Daily nashrining qo‘shimcha qilishicha, Kim Ju E otasi bilan muntazam ravishda omma oldida ko‘rinish bermoqda, jumladan, poligonlarga tashrif buyurmoqda va sinovlarni kuzatmoqda. Nashrning Janubiy Koreya maxsus xizmatlaridagi manbalari uni Kim Chen Inning vorisi sifatida tayyorlashayotganini taxmin qilmoqda. Xususan, razvedka allaqachon KXDR rahbari qizining ayrim siyosiy masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan holatlarini qayd etgan.

Shimoliy Koreya hukumati Kim Chen In oilasi haqida juda kam ma’lumot tarqatadi. Uning yana ikki nafar o‘g‘li, jumladan Kim Ju Ening katta akasi — 2010 yilda tug‘ilgan Kim Chen Ju bor deb hisoblanadi.

Avvalroq, Kim Chen In 13 yoshli qizini hokimiyat vorisi etib tayinlamoqchi ekani haqida xabar bergan edik. 24-fevral kuni esa singlisi Kim Yo Jong hukmron Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining bo‘lim mudiri lavozimiga tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid