add

Kimlar muddatidan oldin pensiyaga chiqishi mumkin?

15.10.2025 | 16:303063

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2025 yil 10 oktyabrda 637-sonli qaror qabul qilib, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, kasblar va lavozimlar ro‘yxatini hamda unga o‘zgartirish kiritish tartibini tasdiqladi.

Kimlar muddatidan oldin pensiyaga chiqishi mumkin?
Qaror «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 9-moddasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra ayrim toifadagi fuqarolarga pensiyani umumiy belgilangan yoshdan oldin olish huquqi beriladi. Yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘lganlar qatoriga konchilik sanoatida 20 yildan ziyod mehnat qilgan xodimlar, foydali qazilmalarni yer osti yoki ochiq konlarda 25 yil ishlaganlar, uchuvchilar va sinovchi-uchuvchilar (erkaklar 25 yil, ayollar 20 yil staj bilan), teatr va tomosha muassasalari artistlarining ayrim toifalari (20–30 yil ijodiy stajga ega bo‘lganlar), shuningdek, 20 yildan ortiq ish tajribasiga ega sportchilar kiradi. Bundan tashqari, urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandi bor onalar, liliput va pakanalar ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega etib belgilangan. Qaror bilan birga, imtiyozli pensiya ro‘yxatiga yangi kasblar yoki ishlab chiqarish turlarini kiritish uchun yagona talablarni belgilaydigan nizom ham tasdiqlandi. Korxonalar tomonidan kiritiladigan bunday takliflar ish sharoitlari va jarohat xavfining attestatsiya natijalari asosida ko‘rib chiqiladi.

Teglar

Mavzuga oid