add

Koreyada ishlab qaytgan 268 kishiga 259 ming dollar beriladi

Kecha 19:224481

2010–2025 yillarda Koreya Respublikasida ishlab O‘zbekistonga qaytganlarga Samsung sug‘urtasi va 13-oylik to‘lovlari qaytariladi.

Koreyada ishlab qaytgan 268 kishiga 259 ming dollar beriladi

Migratsiya agentligiga ko‘ra, Koreya Respublikasida E-9 va H-2 viza to‘g‘risida ishlab vataniga qaytgan fuqarolarning to‘lanmagan mablag‘larini qaytarish jarayoni boshlandi. 2010–2025 yillar davomida Koreyada mehnat qilgan 268 nafar yurtdoshimiz Samsung sug‘urta polisi va 13-oylik maosh pulini olish huquqiga ega.

Ma’lum qilinishicha, jami 259 150 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar fuqarolarga shaxsiy bank hisoblari orqali qaytariladi. Bu pullar hozirda Mehnat resurslarini rivojlantirish instituti — HRD Koreaning bank hisobida saqlanmoqda.

Migratsiya agentligi ta’kidlashicha, mablag‘lar na EPS markazi va na agentlik hisobida emas, balki Koreya tomonidagi rasmiy bank orqali to‘lanadi.

Fuqarolar ushbu to‘lovni olish uchun maxsus ariza to‘ldirishi, zarur hujjatlarni taqdim etishi lozim. Arizalarni qabul qilish boshlangan bo‘lib, jarayon bo‘yicha yo‘riqnoma, anketa shakli va namunasi Migratsiya agentligining rasmiy kanalida joylashtirilgan. Shuningdek, to‘lovni oluvchi fuqarolar ro‘yxati va agentlikning hududiy filiallari manzillari ham e’lon qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan 1,6 million kishi o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etgani va yana 500 ming kishi majburan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.

Teglar

Mavzuga oid