add

«Korzinka»ga 110 mln dollarlik investitsiya kiritiladi

16.06.2025 | 13:4546422

O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i — «Korzinka» 110 mln dollar miqdoridagi yirik investitsiya bitimini to‘liq yakunladi. Bu mamlakatda xususiy biznes sohasida erishilgan eng katta kelishuvlardan biri hisoblanadi.

«Korzinka»ga 110 mln dollarlik investitsiya kiritiladi
Bitim doirasida «Korzinka»ga Abu Dhabi Uzbek Investment hamda O‘zbekiston–O‘mon Investitsiya Kompaniyasi tomonidan sarmoya kiritildi. Ushbu kelishuv Toshkent xalqaro investitsion forumi doirasida imzolangan edi. Yangi mablag‘lar tarmoqni yanada kengaytirish, jumladan, «Korzinka Mahalla» va «Korzinka Go» loyihalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Investitsiya natijasida kompaniya nafaqat savdo miqyosini kengaytiradi, balki boshqaruv darajasida ham yangi bosqichga chiqishni ko‘zlamoqda. Mazkur jarayon davomida «Korzinka» Kuzatuv kengashiga uch nafar yangi a’zo — Yan Dyunning (sobiq Magnit va Lenta rahbari), Yekaterina Eriksen (YeTTB direktori o‘rinbosari) va Sarvar Hamidov (Abu Dhabi Uzbek Investment bosh direktori)ni jalb etdi. Kuzatuv kengashining yangilangan tarkibida shuningdek Pol Foli, Martin Elling, Alisher va Zafar Hoshimovlar ham faoliyat yuritmoqda. Bu nafaqat kompaniyaning boshqaruv samaradorligini oshirish, balki uni global bozorlar uchun ham jozibador qilishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid