
Kuvayt kompaniyasi O‘zbekistonda islomiy bank tashkil etishi mumkin
Kuvaytning Noor Financial Investment kompaniyasi O‘zbekistonda islomiy bank ochish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Kuvaytning Noor Financial Investment kompaniyasi O‘zbekistonda yangi islomiy bank tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganyapti. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 24 oktyabr kuni vazir o‘rinbosari Shoxrux Gulamov hamda Kuvaytning Noor Financial Investment kompaniyasi delegatsiyasi muqobil investitsiyalar bo‘yicha katta vitse-prezident Abdulla Al-Xouli boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Muzokaralar davomida moliya, sanoat, energetika va infratuzilma sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, Kuvayt tomonining O‘zbekiston hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida ishtiroki masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvda islom qoidalariga asoslangan bank tizimini rivojlantirish va Noor Financial Investment ishtirokida O‘zbekistonda yangi islom bankini tashkil etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.





