add

Lavrov–Rubio qo‘ng‘iroqlashuvi Putin uchun juda qimmatga tushdi — The Telegraph

24.10.2025 | 09:1721392

Bir telefon suhbati Vashingtonning keskin siyosiy burilishiga olib keldi: AQSH ilk bor Rossiyaning bosh daromad manbalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri sanksiya joriy etdi.

Lavrov–Rubio qo‘ng‘iroqlashuvi Putin uchun juda qimmatga tushdi — The Telegraph

The Telegraph nashrining yozishicha, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSH davlat kotibi Marko Rubio o‘rtasidagi ma’ruzali qo‘ng‘iroq ortidan prezident Donald Tramp Kremlga nisbatan yangi, qattiq choralarni qabul qildi. Ilgari Tramp yangidan yangi cheklovlarga shoshilmagan bo‘lsa, bu gal Amerika «Rosneft» va «Lukoyl»ga zarba berib, Rossiya neft eksportning yarmiga yaqin qismini qamrab oldi.

Neft hanuz Moskva uchun urushni moliyalatirishning asosiy manbai sanaladi. Xalqaro energiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, sentyabrda Rossiya kuniga 5,1 mln barrel neft eksport qilib, taxminan 13,4 mlrd dollar tushum olgan. Yangi cheklovlar bu oqimni jiddiy qisqartirishi mumkin.

Asosiy intriga — Hindiston va Xitoyning reaksiyasi. Rasman sanksiyalar faqat amerikalik sub’ektlarga taalluqli, ammo ikkilamchi sanksiyalar xavfi chet el treyderlari va banklarini ham Rossiya bilan bitimlardan chetlashtirishi mumkin.

Hindiston xaridlarni qisqartirish niyatini bildirdi. Xitoy esa ehtimol savdoni davom ettiradi, lekin yanada kattaroq chegirma talab qiladi: Urals brendi uchun chegirmalar allaqachon har barrel uchun 13 dollardan oshib ketgan.

Tramp hozircha Ukrainaga Tomahawk tipidagi uzoq masofali qanotli raketalarni berish va keskin ikkilamchi jazolardan tiyilmoqda, biroq bu qarorning o‘ziyoq Kreml iqtisodiyotiga kuchli zarba bo‘ldi.

Budapeshtdagi uchrashuv o‘rniga — yangi sanksiyalar va bosimning kuchayishi. Shunga qaramay, tahlilchilar Putin Vashington bilan qayta aloqa izlashga urinishi mumkinligini istisno etmayapti — u Trampdan navbatdagi siyosiy burilishni umid qilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid