add

Lindsi Grehem: «Rossiya-ku sanksiyalarga chap berar, uning savdo hamkorlari-chi?»

31.07.2025 | 09:2031553

Kremlning Rossiya iqtisodiyoti sanksiyalarga «immunitet» paydo qilgani haqida bayonoti ortidan AQSH senatori Lindsi Grehem mamlakatning asosiy savdo hamkorlarini jiddiy ogohlantirdi.

Lindsi Grehem: «Rossiya-ku sanksiyalarga chap berar, uning savdo hamkorlari-chi?»
Amerikalik senator Lindsi Grehem o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida yozishicha, garchi Rossiya garchi sanksiyalarga chap berishni o‘rgangan bo‘lsa-da, endi yangi iqtisodiy zarbalariga tayyor turishi kerak.
«Tramp o‘yin qoidalarini o‘zgartirmoqda. U Rossiyaning neft va gazini sotib olayotgan davlatlarga nisbatan ham bojlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ular shu yo‘l bilan Rossiyaning harbiy mashinasini moliyalashtirmoqda», — deb yozdi u.
Grehemning fikricha, Moskva «sanksiyalarga hurmatsizlik» bilan yondashsa, yaqindagina uning mahsulotlarini sotib olayotgan sheriklar ham shunga mos ravishda javob qaytaradi. Senator barcha davlatlarni Rossiya bilan savdodan keladigan siyosiy va moliyaviy oqibatlar haqida o‘ylashga chaqiradi. Bu bayonot Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga javob sifatida yangradi. Avvalroq Dmitriy Peskov Rossiya G‘arb bosimiga «allaqachon moslashgani» va sanksiyalarga nisbatan «immunitet» hosil qilganini ta’kidlagan edi. Shuningdek, u AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan 10 kunlik ultimatumni ham keskin tanqid qilgan. Eslatib o‘tamiz, 29 iyul kuni Tramp Rossiyani 10 kun ichida Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirgan edi. Aks holda, u nafaqat Rossiyaga, balki unga iqtisodiy yordam ko‘rsatayotgan mamlakatlarga nisbatan ham 100 foizlik bojlar joriy etilishini ta’kidlagan edi. Ilk versiyada Grehem tomonidan tayyorlangan sanksiyalar paketi Rossiyaning hamkorlariga 500 foizlik tariflarni nazarda tutgan edi, lekin keyinchalik bu miqdor 100 foizga tushirildi.  

Teglar

Mavzuga oid