add

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi

10.09.2025 | 12:2044133

Turdiyev Azizbek Anvarjonovich maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Yo‘ldashev Baxtiyor G‘ayratjonovich Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi
Turdiyev Azizbek Anvarjonovich maktabgacha va maktab ta’limi sohasida katta tajribaga ega rahbar sifatida yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. U bu lavozimga tayinlanishidan avval vazir maslahatchisi sifatida ishlagan. Ta’lim sohasidagi faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Turdiyev yillar davomida davlat boshqaruvida ham turli mas’ul vazifalarni bajarib kelgan. 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida adabiyot fanidan saboq bergan, 2010-2014-yillarda esa poytaxtdagi 231-umumta’lim maktabida ishlagan. Keyinchalik 165-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida mehnat qilgan. 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparatining Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentida yetakchi mutaxassis bo‘lib ishlagan. 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda esa Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarini egallagan. 2023-yildan «Hamdo‘stlik bolalar» hamkorlik dasturi hamda «Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish» loyihasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Yo‘ldashev Baxtiyor G‘ayratjonovich esa Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori etib tayinlandi. U bunga qadar «Yangi O‘zbekiston» universiteti prorektori edi. Eslatib o‘tamiz, avvali maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid